Get Mystery Box with random crypto!

Boysunda yer sotishini aytib firibgarlik qilgan shaxsga jinoya | Сурхондарё 24

Boysunda yer sotishini aytib firibgarlik qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Aniqlanishicha, fuqaro A.N. oʻzini “Sangin Amongul Invest” MCHJ rahbari deb tanishtirib, fuqaro
J.X.ga 2022-yilning may oyida Boysun tumani, “Yuqori machay”, “Oʻrta machay” va “Qizilnavr” mahallalari hududidagi oʻrmon xoʻjaligi yerlarining bir qismini berishni va’da qilib, undan 3 mln soʻm olib, oʻzlashtirib ketgan.

Bundan tashqari, A.N. oʻzini klaster boshligʻi deb tanishtirib, fuqaro
S.P.ga 2022-yil 22-iyun kuni, Boysun tumani, “Yuqori machay”, “Oʻrta machay” va “Qizilnavr” mahallalari hududidagi oʻrmon xoʻjaligi yerlarining bir qismini berishni va’da qilib, S.P.dan 17 mln soʻm va 100 dollar olib, oʻzlashtirib ketgan.

Mazkur holatlsr yuzasidan, Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan 2022-yil 9 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

@Surxondaryo_surxondaryoliklar