Get Mystery Box with random crypto!

#tezkor Endi 'prava' olish uchun imtihonlar inson omilisiz, | Suratdagi Hazillar | Oilaviy kanal

#tezkor

Endi "prava" olish uchun imtihonlar inson omilisiz, avtomatlashtirilgan tizim orqali o'tkaziladi

YHXBB bergan
ma'lumotga ko'ra, endi imtihonlar avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali, to'liq inson omilidan xoli tarzda qabul qilinishi rejalashtirilgan.

“Kelgusida haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonlar respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich xususiy markazlarda olinadi. Bu esa faqat nazariy hamda amaliy bilimlar bilangina haydovchilik huquqini qo‘lga kiritish mumkin, degani.

Shu sababli, barcha avtomaktablar ma'muriyatidan o‘z o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘rgatib, haydovchilik huquqini olish masalasiga mas'uliyat bilan jiddiy e'tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz”
, deyiladi axborotda.

Bu "prava" olishdagi korrupsiyani yo'qotib, faqatgina bilimli haydovchilargagina guvohnoma berilishini anglatadi.

Haydovchilar uchun kanal!