Get Mystery Box with random crypto!

'Paxtakor' - 'Navbahor' oʻyini chiptalari haqida maʼlumot ' | 🇺🇿 SUPERLIGA | LIVE ⚽️

"Paxtakor" - "Navbahor" oʻyini chiptalari haqida maʼlumot

"Paxtakor" futbol klubi Superliga 3-tur oʻyiniga chiptalar sotuvi boshlanganini maʼlum qiladi.

Qiziqarli bellashuvni "Paxtakor" stadionidan kuzatishni istagan muxlislar chiptalarni "Paxtakor" stadioni kassalari, shuningdek, Iticket.uz saytidan onlayn tarzda xarid qilishlari mumkin. Chiptalar onlayn sotib olinganda ularni qogʻozga chop etish shart emas, chiptaning elektron variantini stadionga kirish eshigida elektron qurilmada (telefon, planshet) koʻrsatish kifoya. Oʻyin 17 mart kuni soat 19:30da boshlanadi. Chipta narxlari oddiy sektorlar uchun 20 va 30 ming soʻm, CIP sektorlar uchun 75 ming soʻm qilib belgilangan.

"Navbahor" ishqibozlariga chiptalarni mehmonlar muxlislari uchun moʻljallangan 20-23 sektorlarga xarid qilish tavsiya etiladi.

https://iticket.uz/ru/events/concerts/pakhtakor-navbakhor/25366#.ZBFwwa_BbnM.telegram

@Live_Superliga