Get Mystery Box with random crypto!

Breaking! Iyun oyida 8ta milliy terma jamoa ishtirokida CAFA m | 🇺🇿 SUPERLIGA | LIVE ⚽️

Breaking! Iyun oyida 8ta milliy terma jamoa ishtirokida CAFA musobaqasi bo‘lib o‘tadi - Rossiya esa mehmon

9-21 iyun kunlari O‘zbekistonda birinchi marta milliy terma jamoalar ishtirokida CAFA musobaqasi o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqada CAFA a’zolari O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston va Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etishadi. Rossiya terma jamoasi esa mehmon sifatida taklif etilgan. So‘nggi mehmon jamoa nomi tez orada ma’lum bo‘ladi. Bu haqda Tojikiston FF matbuot xizmati xabar berdi.

8ta jamoa ikkita guruhda bo‘linadi va guruhlarda birinchi o‘rinni olgan ikki jamoa finalda to‘qnash keladi. Guruhda ikkinchi bo‘lganlar esa musobaqaning uchinchi o‘rini uchun bahsda maydonga tushishadi.
Ma’lumot uchun, 12-20 iyun FIFA kunlari hisoblanadi.


@Live_Superliga