Get Mystery Box with random crypto!

Diyor Imomxo'jayev: “Andijon” klubi 2022 yil 16 noyabr kuni qa | 🇺🇿 SUPERLIGA | LIVE ⚽️

Diyor Imomxo'jayev: “Andijon” klubi 2022 yil 16 noyabr kuni qarzlarini toʻlashga, stadion maysasini toʻgʻrilashga vaʼda bergan. Vaʼdalar bajarilmagach, taqiqlar qoʻydik. Shundan keyin mahalliy muxlislar “Diyor— Andijon dushmani” deb yozishdi, telefonim doʻq-poʻpisalarga toʻlib ketdi. Muxlislar ortida kimlar turganini ham yaxshi bilaman!

Klub Pro Ligadan Superligaga chiqqach, futbolchilariga uy berdi, muxlislariga Tracker berdi. Mana, pul bor ekan-u, nega qarzlar toʻlanmayapti?

Klub shuncha muammolari bilan qishda Antaliyada mashgʻulot oʻtkazdi va, bilishimcha, u yerda ham qarz boʻlib qolibdi!

Hozir klub qarzlarining katta qismini toʻladi, yana 180 mln soʻm qolgan. Hal boʻlishi bilan futbolchilarini roʻyxatdan oʻtkazamiz”

Maʼlumot uchun, PFL rasmiy saytida Superliga klublaridan faqat “Andijon”ning qaydnomasi eʼlon qilinmadi!