Get Mystery Box with random crypto!

​​ AYOL «Men zaifaman» dema, sen juda kuchlisan. Chunki senda | 09

​​ AYOL

«Men zaifaman» dema, sen juda kuchlisan. Chunki senda barcha qurollardan qudratliroq bir qurol bor...
....Bu - sening goʼzalliging.
....Bu - sening latofating.
....Bu - sening nazokating.

....«Men badavlat emasman» dema. Sen juda boysan, badavlatsan. Chunki senda hamma boyliklarni yoʼlda qoldirib ketadigan bir boylik bor.
....Bu - sening mehring.
....Bu - sening muhabbating. Shunday ekan, nega sen bu dunyoning eng baxtli insoni boʼlmasliging kerak?

....Ishon, sen albatta, bu dunyoning eng baxtli kishisi boʼlasan.
....«Mening baxtim - oʼzimning baxtiyorligim emas» deysan. Xa, sening baxting jufti halolingga bogʼliq.

....U «Gulim» desa, gulga aylanasan. «Gavharim» desa, gavharga, «zumradim» desa, zumradga... Kel, shunday boʼla qolsin!
Unga fido boʼlmagan, unga goʼzallik, mehr - muhabbat nimaligini bildirib qoʼymagan ayol ayolmi.?

....Tongda ham «Men ayolman!» deb uygʼon! Uy libosingning eng chiroylisini kiy.
....«Bugun mening bayramim» deb oʼyla. Nonushtani eringning ertalabki moddiy ehtiyoji deb oʼylama! Shunchaki tuxum qovurma, shunchaki pishloq parraklama! Eringga hozirlagan nonushtangni oʼsha bayram kuningning ibtidosi deb bil. Dasturxoning sanʼat asari boʼlsin.
....Ering kunduzi qayerdadir kim bilandir dasturxonga oʼtirsa, sening nonushtangni, sening nim tabassum bilan uzatgan choyingni sogʼinsin!
Dasturxon boshida muammolaringdan soʼz ochma!

....Qandaydir hadik, xavotirlar bildirma! Eringning tirnogʼidan sochigacha oʼzingning jismu joning, qaddu, boʼyingdan koʼra koʼproq eʼtibor ber.
....Uni koʼrib, har qanday nozik did egasi xam:
....Rafiqasiga sevimli erkak ekan, desin. Bilginki, eringning ishdagi muvaffaqiyati senga ham bogʼliq. Qandaydir bir yangi ish boshlashga yurak sinmay turgan boʼlsa, sen:
“Bu ishingizdan bir narsa chiqarmikan?” deb uning koʼngliga ikkilanish tushirma!
“Siz rejani toʼgʼri olib, oʼzingizga ishonch bilan boshlang, albatta, hammasi yaxshi boʼladi, deya, oʼziga ishonch uygʼot...!”