Get Mystery Box with random crypto!

Ibnul Qoyyim rohimahulloh aytadi: Gunohning qoralangan yomon a | SUNNAT AHLI

Ibnul Qoyyim rohimahulloh aytadi:
Gunohning qoralangan yomon asoratlari bor. Shuningdek, dunyoda ham, oxiratda ham, badan va qalbga ziyon beradigan zararlari bor, bularni Allohdan boshqasi bilmaydi. Mana shulardan:

• Ilmdan mahrum bo‘lish
• Rizqdan mahrum bo‘lish
• Gunohkorning qalbi va Alloh o‘rtasida uzilish bo‘ladi
• Odamlar bilan gunohkor o‘rtasida ham uzilish bo‘ladi
• Ishlar qiyinlashib ketadi, qaysi ishga kirishmasin, berk bo‘ladi
• Ichida haqiqiy zulmat bo‘ladi
• Gunohlar qalb bilan badanga yuk bo‘ladi
• Toatlarga tavfiq berilmaydi
• Gunohlar umrni qisqartirib, barakani o‘chiradi
• Gunohlar o‘xshash gunohlar urig‘ini sepadi va ulardan boshqalari paydo bo‘ladi.

Al-Javobul Kafiy

•┈┈┈┈┈┈•✿❁✿•┈┈┈┈┈┈•
T.ME/SUNNAT_AHLI