Get Mystery Box with random crypto!

Omadsiz onlayn-suhbat ADPList saytida rossiyalik dizayner Ann | Sultanbek DSGN | UZ

Omadsiz onlayn-suhbat

ADPList saytida rossiyalik dizayner Anna Matveyeva bilan bugun onlayn-suhbat tashkil qilgandik. Lekin meni xatoyim bilan, omadsiz yakunlandi. Suhbatdan 1-2 kun oldin, UI dizayn bilan shug‘ullanmasligini ogohlantirdi(. Ko‘proq kommunikatsiya bilan ishlaydigan dizayner ekan. Asosan UI dizayn bo‘yicha savollarimni bermoqchi edim, afsus. Qiziqtirgan savollarimga javob olmadim, va uning savollariga ham aniq javob bera olmadim. Kommunikatsiya, tadqiqot bosqichlari haqida hech nima bilmasligimni tushundim bugungi suhbatdan. Meni hech nima bilmaydigan dizayner sifatida qabul qildi, va to‘g‘ri o‘ylaganga o‘xshaydi. Ko‘p narsalarni o‘rganishim kerak ekan. Shunday qilib, bugungi suhbatimiz omadsiz o‘tdi. Xato mendan ketdi((

Suhbatdan olgan xulosam:

1) Suhbat tashkil qilishdan oldin aniq va tiniq mentor haqida to‘liq maʼlumotga ega bo‘l;
2) To‘g‘ri savol ber;
3) Ko‘proq UX tomonga ham eʼtibor ber;
4) Xatolardan to‘g‘ri hulosa chiqar;
5) Oʻrganishda davom et.

Taslim bo‘lma!

@sultanbekdsgnuz