Get Mystery Box with random crypto!

Dizaynsiz yashama Rossiyalik dizayner Mixayl Shishkin bir ajo | Sultanbek DSGN | UZ

Dizaynsiz yashama

Rossiyalik dizayner Mixayl Shishkin bir ajoyib gapni aytgan: “Agar siz to’satdan dizayner boʻlib qolgan boʻlsangiz, boshqa iloji yo’q. Siz endi dizayndan chiqib keta olmaysiz. Sobiq dizaynerlar mavjud emas”

Tepadagi gaplar meni oʻylantirib qo’ydi. Dizaynga kirib kelganimga bir yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsada, bu sohadan chiqish haqida oʻylamagan ekanman (vaqtida ozgina toʻxtalishlar boʻldi). Bilaman, hayot nisbiy tushuncha. Qandaydir faktorlar tashlab ketmasligimga sababchi boʻlgandir, balki. Ammo har bir inson hayotda oʻz missiyasini topishi va uni bajarishi kerakligini tushungan holda dizayn hayotim mazmuniga aylanib ulgurgan boʻlishi mumkin. Boshida qiziqish sifatida boshlangan xobbi, mening hayot mazmunimga aylanishi bu boshqacha tuygʻuni beradi. OTMga diplom olish uchun kelgan bola maqsadlarini 180 darajaga oʻzgartirdi.

Oʻzimni xayolimdagi gaplar edi. Hali oldinda qilishim kerak boʻlgan ishlarim juda koʻp va katta tajriba ega boʻlishim kerak. Как говорится, дальше — больше!

@sultanbekdsgnuz