Get Mystery Box with random crypto!

Baxt nima? - Pul shon shuhrat baxt keltirmasligi aniq. Buni a | Suhrob Abduaxatov

Baxt nima?

- Pul shon shuhrat baxt keltirmasligi aniq. Buni atrofimdagi baʼzi “boyvachchalar” hayotidan ham ko‘rdim. Yaxshi mashina, uy, smartfon va bularni ko‘z ko‘z qilish hech qaysisi baxt emas. Ishon hattoki bulardan 1 haftada zerikasan. Qishloqdagi oddiy bir oilada bor fayz ularni qasrlarida yo‘q.

- Aslida baxt borligingni va boshqalarga kerakligingni his qila olishingdadir. Ular muhtoj bo‘lganida ularga bera oladigan kichik yordaming millionlab dollarga topilmaydigan baxt hisini bera oladi.

- Hayotimda haqiqatdan muhtoj insonlarga 2-3 marta yordam berish nasib etdi, bu hayotda ularni rahmatini eshitsang sen nimaga yashayotganingni va bekorga kelmaganingni anglab boshlaysan. Ularni ko‘zidagi va qalbidagi rahmatini ko‘rasan bu energiya senga uzoq vaqtlarga yetib beradi. Mana bu asl baxt.

- Baxtni ko‘chadan izlama u atrofingda. Ota-ona oila ularni qadrlash va kichik muvaffaqiyatlaring orqali ularni ko‘zidagi quvonchni ko‘rish qanday baxt ekanligini tasavvur qilib ko‘r.

- Har kuni ota-onangni xolini so‘rab qo‘yishing, oilangga imkoning bo‘lganda yordam berishing va ularni duolarini eshitishing bu seni kuchli va baxtli qiladi. O‘zingdanda ko‘p senga ishonadigan insonlar bu oilang. Ularni ishonchi uchun ham sen muvaffaqiyatga erishishing va ularni baxtli qilishing shart shuni unutma “janob”.

P. S: Fikrlarimga qo'shilsang bitta reaktsiya qoldir. Yoki izoh yoz "janob" .

@suhrobabduaxatov