Get Mystery Box with random crypto!

#Mohiyat Yo'q, bu taqdir azoblarin unutganim yo'q Haligacha d | Subxon Ali | Rasmiy Blog

#Mohiyat

Yo'q, bu taqdir azoblarin unutganim yo'q
Haligacha dilginamni ezadi qiynoq
Ko'zimga tik boqib do'stingman deya,
So'ngra yuragimga joylaganlar o'q

Kimlardir o'ylashdi meni notavon
Kimlar uchundir bo'ldim qahramon
Kim uchun hattoki yo'qdir keragim
Kim tinglarda dunyoda oh-u, tilagim

Yolg'iz Allohga topshirib qalbim
Abadiyat kemasida keladi suzgim
Ko'hna vaqt bo'ronida yo'qolsa jismim
Toabad yashayman, yo'qolmas ismim

@Subxon_Ali