Get Mystery Box with random crypto!

#kelibqoldi #kitobdan #ustozdan #hayotdan Kim u? 1. Bomdodga | Life and research (UWED)

#kelibqoldi #kitobdan #ustozdan #hayotdan

Kim u?

1. Bomdodga budilniging jiringladi. Ko'zingni ochding.
U dedi: "Qo'y, hali quyosh chiqishigacha ancha borku. Biroz dam ol. Kecha kech yotgansan."

2. Endi darsga o'tirding. Telefoningga xabar keldi.
U: "Bir qarachi balki, balki muhim xabardir".
Qarading va messenjerlar ummoniga sho'ng'ib ketding.

3. Ayang axlat paketlarini tashlab kelishni buyurdilar. Hop deding.
U: "Keyinroq tashlab kelarsan. Axlat qochib ketmaydiku".
Shu bilan bu ishni unutding.

4. Do'sting sendan qarz so'radi. Puling qaytishini bilasan.
Ammo u: "Shoshma, hali o'zingga kerak bo'lib qoladi. Uni tanishlari ko'p bo'lsa, o'zi bir amallaydi".
Bilmaysanki u senga ishongani uchun pul so'rashga jur'at qilgan.

5. Post yozmoqchi eding.
U: "Qo'ysangchi, yozganing kimga naf. Undan ko'ra yur Dota2 o'ynaymiz"
Qancha qancha postlar yozilmay qolib ketdi.

6. Noutbukni quvvatlagichga qo'yish kerak.
Bugun imtihonda nechi bal olarkinmanaa?
Iye, axlatni to'kib kelishim kerak ediku!

- "ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOH"
- "ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOH"

7. Endi qazolarimni o'qiyman.
U: "Bugun kech bo'ldi, kel, ertaga Jum'adan keyin Masjidda o'qiymiz".
Erta Jum'ada uning haqqiga odamlar safda quloq qoqishdi. Imom: "Inna lillahi va...."

Tanish. U - nafs.