Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum hurmatli klub aʼzolari! Maʼlumot oʻrnida, k | STIPENDIAT

Assalomu alaykum hurmatli klub aʼzolari!

Maʼlumot oʻrnida, klubimizga onlayn roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar soni hozirda 800 dan ortiqni tashkil etadi. Ular orasida Tavsiyanomani topshirganlar, ya'ni maqsadi jiddiy va aniq nomzodlar 300 nafardan ziyodni tashkil etdi. Biz bundan juda ham xursandmiz. Negaki, atrofimizda biz bilan birga tahsil olayotgan, oʻz ustida ishlash orqali yuqori marralarni koʻzlayotgan shuncha yoshlarni kashf etyapmiz. Aminmanki, ularning soni hali bundan ham koʻp. Chunki har bir insonda bir iqtidor yashirin Biz esa oʻz navbatida ularga yaqindan yordam berishni oʻzimizning eng yuksak maqsadimiz deb bilamiz.

Hozirda roʻyhatdan oʻtgan va tavsiyanomani taqdim etgan nomzodlarning hujjatlari birma -bir oʻrganib chiqilmoqda. Yaxshi yangilik shundaki, 1-bosqich (Elektron roʻyhatdan oʻtish) va 2-bosqich (Tavsiyanomani topshirish)ni amalga oshirgan a'zolarimiz alohida suhbatga kelishlari shart emas, faqat 1-ilovadagi anketani toʻldirib elektron variantini @Azizbek_Esanovga joʻnatishlari kerak boʻladi.

Klubning kelgusi 2 oy davomida oʻz oldiga maqsadi kelayotgan oʻquv yilida oʻziga tegishli davlat mukofoti yoki xalqaro grantga ariza topshirmoqchi boʻlgan aʼzolar bilan individual ishlashdan iborat.

Shu maqsadda, bu yil yoz oylarida Prezident va davlat stipendiyalariga hamda xalqaro grantlarga hujjat topshirmoqchi boʻlgan aʼzolarimiz yuqoridagi manzilga (@Azizbek_Esanov) bogʻlanishsin.

Kelgusi yili hujjat topshirmoqchi boʻlgan aʼzolarimiz uchun Klub doirasidagi darslar va seminar mashgʻulotlari Sentabr oyidan boshlanadi.

"STIPENDIAT" klubi