Get Mystery Box with random crypto!

ALI va FOTIMA Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj... 12- | 💔Alamli Statuslar🖇️🌺

ALI va FOTIMA
Dunyo Laylilarga emas Fotimalarga muhtoj...
12-qism
Ali ertalabgacha kitobni o'qidi.Bomdod namozini o'qidi.Qalbi orom oldi.Shunchalik taskin topdi, qalbi bunchalik orom olmagandi.Ali shuncha yil ichida bu tuyg'uni birinchi marta his qildi.O'zini shunchalik ajoyib his qildiki kayfiyati yaxshi edi.Maktabga borish uchun tayyorgarlik ko'rdi.
Ha bugun kayfiyating yaxshi
Bundan keyin doimo yaxshi buladi.InshaAlloh
Ha yaxshi
Ali maktabga bordi.
Salom
Valaykum assalom
Qanne
Alhamdulillah yaxshiman
Quyosh qayerdan chiqdi
Endi doim quyosh charaqlaydi InshaAlloh
Oooo zo'r-u

Ali o'zgarishni boshladi.Muomilasi dunyo qarashi o'zgardi.Kundan kunga Allohga bo'lgan sevgisi sadoqati ortdi.Uyda ham darslardan bo'shashi bilan namoz o'qirdi.Payg'ambarimizga salovat aytar Allohga hamd aytardi.Uning namoz o'qishini ota-onasi bilib qoldi.
O'g'lim hali yoshsan-ku namozga shoshilma o'qi o'yna-kul keyin ham tavba qilib namoz o'qiysan.Bu narsalar qochib ketmaydi .
Onangni gaplari tug'ri.Hozir yosh bo'lsang nima qilasan?O'qishga kirishing uchun tayyorgarlik ko'r kitoblar ol.Eskichani keyin ham o'rganaverasan .
Aliga ota-onasining gaplari juda og'ir botdi .U ota-onasini juda yaxshi ko'radi .Ularning gaplari Ali uchun qonun.Ammo hozirgi vaziyatda Ali qanday yo'l tutsin ...

#Davomi_bor...


#Qalbim_ozori_Mohim