Get Mystery Box with random crypto!

Atirgul emasman hammaga yoqqan, Moychechak emasman ko'klarga b | 💔Alamli Statuslar🖇️🌺

Atirgul emasman hammaga yoqqan,
Moychechak emasman ko'klarga boqqan,
Binafsha emasman qilguvchi hayron,
Bir chetda o'sgan men gul sadarayhon...

Qizg'aldoq emasman qirni qoplagan,
Chinnigul emasman shudring ho'plagan,
Nilufar demangiz suvdagi har on,
Bir chetda o'sgan men gul sadarayhon...

Kezib ko'ringchi butun jahonni,
Topa olasizmi sadarayhonni,
Gullarning orasida o'smoqda pinhon,
Marhamat tamonlarda bir sadarayhon...

Har gul taratsin nafis atrini,
BINTU ABDULLOH tugatar so'ngi satrini...

BINTU ABDULLOH