Get Mystery Box with random crypto!

Ziroat Mirziyoyeva va Koreya Respublikasining Birinchi xonimi | Saida Mirziyoyeva

Ziroat Mirziyoyeva va Koreya Respublikasining Birinchi xonimi Kim Chen Suk Seuldagi Milliy reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdilar.

Markaz nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligini mustahkamlash va ularning jamiyatga qo‘shilishiga reabilitatsiya, tadqiqot va ta’lim yo‘li bilan yordam beradi.

Mehmonlar markazning ilg‘or tajribasi bilan tanishdilar. Innovatsion texnologiyalar, laboratoriya faoliyati, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zamonaviy yordamchi vositalarni ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi.

Bu boradagi xalqaro tajriba biz uchun juda foydalidir. Bunday hamkorlik kelajakda jamiyatda inklyuziyaga erishish yo’lidagi rejalarimizda muhim ahamiyatga ega.