Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda faoliyat | Saida Mirziyoyeva

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda faoliyat olib borayotgan, oʻzi yuksak marralarni egallabgina qolmay, boshqalarni ham maqsad va orzular sari  ilhomlantirayotgan ajoyib ayollar bilan koʻrishdik.

Uchrashuv davomida tajribamiz, yutuqlarimiz, motivatsiya va muvaffaqiyat sirlari bilan oʻrtoqlashdik. Shuningdek, madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda tez-tez uchrayotgan, hali ham yechimini topmagan muammolarni koʻrib chiqdik.

Yurtimizda ana shunday samimiy, mehribon, matonatli, qatʼiyatli xotin-qizlar koʻpligidan xursandman. Ular oʻzlarini toʻlaqonli namoyon etib, maqsadlari yoʻlida dadil qadam qoʻymoqdalar. Muammolarni koʻtarishdan choʻchimaydigan, ularni hal etishga intilib, bugunimiz va kelajagimizni oʻzgartirishga hissa qoʻshayotgan har bir opa-singlimizga minnatdorlik bildiraman.

___

В преддверии Международного женского дня я встретилась с необыкновенными женщинами, теми, кто не только достиг больших высот в различных сферах деятельности, но и вдохновляет других женщин и девушек стремиться к своим целям и мечтам.

На встрече мы обменялись своим опытом, достижениями, мотивацией и секретами успеха. А также определили проблемы, которые возникают периодически или остаются нерешенными до сих пор в культурной, социальной и других сферах.
 
Я рада, что в нашей стране столько  искренних, добросердечнных, стойких и решительных женщин. Я благодарна каждой, за то, что  они не боятся быть теми, кто они есть, достигают целей, которые ставят перед собой, стремятся поднимать и решать те вопросы, которые меняют наше настоящее и будущее.