Get Mystery Box with random crypto!

Biz shu kunlarda Qatarning poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tay | Saida Mirziyoyeva

Biz shu kunlarda Qatarning poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dizayn biyennalesida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda “Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads” ko‘rgazma loyihasini taqdim etmoqdamiz.

Ushbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman.

“Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan zamonaviy ijod uyg‘unligini namoyish etmoqdamiz. Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi.

Qatar Muzeylar idorasi vakillariga global madaniy almashinuvni rivojlantirish va badiiy innovatsiyalar yaratish yo‘lidagi harakatlari, shuningdek, Biyennalega taklif uchun minnatdorchilik bildiraman.
___

Мы с Фондом развития культуры и искусства Узбекистана в Дохе — столице Катара — представляем на Биеннале дизайна выставочный проект Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads.

Мне приятно отметить наше участие на мероприятии, где происходит обмен передовым опытом в области дизайна на всех уровнях, как местном, так и региональном, и глобальном.

В выставочном проекте Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads мы показали сочетание богатых ремесленных традиций Узбекистана и современного творчества. Ведь ремесленническое наследие, уходящее корнями в историю, делает нас хранителями уникальных традиций и культуры.

Благодарю представителей Ведомства музеев Катара за приглашение на Биеннале, развитие глобального культурного обмена и появление художественных инноваций.