Get Mystery Box with random crypto!

26–27-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik k | Saida Mirziyoyeva

26–27-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida yurtimizdagi ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylari va maktab-internatlarida tarbiyalanayotgan bolalar va oʻsmirlar uchun yangi “Qarsildoq” baletining maxsus namoyishlari boʻlib oʻtdi.

Shu kunlarda yosh tomoshabinlar sehr va mehrga toʻla olamga sayr qilib, oʻzlarini haqiqiy Yangi yil mo'jizasiga tushib qolgandek his qildilar degan umiddaman.

Har bir bolajon, ayniqsa bayram kunlarida, sevinishi, xursand bo’lishi va hayratda qolishi muhimligiga qat'iy ishonaman. “Qarsildoq” esa bolalarda mo'jizalarga ishonch uygʻotishga, koʻnglini gʻaroyib lahzalar bilan toʻldirishga yordam beradi.
-
26 и 27 декабря в Государственном Академическом Большом театре имени Алишера Навои прошли специальные показы нового балета «Щелкунчик» для детей и подростков из социальных учреждений, детских домов и интернатов республики.

В эти дни юные зрители перенеслись в красочный мир, полный волшебства и доброты, где каждый мог почувствовать себя частью настоящего новогоднего чуда.

Я убеждена, что каждому ребенку важно испытывать радость и удивление, особенно в праздничные дни. «Щелкунчик» помогает верить в чудеса и наполнить мир наших детей волшебными моментами.