Get Mystery Box with random crypto!

Ilgari achinarli ahvolga kelib qolgan va asrab qolinishi uchun | Saida Mirziyoyeva

Ilgari achinarli ahvolga kelib qolgan va asrab qolinishi uchun zarur choralar ko‘rilishini talab qilgan 34 ta tasviriy san’at asari restavratsiyadan o‘tganini ma’lum qilishdan xursandman. Davlat san’at muzeyi to‘plamlaridagi Turkiston avangardiga mansub nodir suratlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magi bilan Patrisiya Verges-Libai boshchiligidagi fransiyalik yetakchi mutaxassislar tomonidan qayta tiklandi.

Yuksak mahorat bilan bajarilgan bunday ishlar nafaqat madaniy merosimizni asrab-avaylash, balki O‘zbekiston muzeylarining to‘plamlarida saqlanayotgan noyob san’at durdonalarini xalqaro jamoatchilikka namoyish etishga xizmat qiladi.

Xususan, restavratsiya qilingan asarlar 2024-yilning bahorida Florensiyadagi Uffitsi galereyasi va Venetsiyadagi Ka Foskari universitetiga qarashli ko‘rgazma zallarida namoyish etiladi.
-

Рада сообщить о реставрации 34 ценных картин, которые находились в плохом состоянии и требовали необходимых усилий для дальнейшего сохранения. Редкие картины туркестанского авангарда из коллекции Государственного музея искусств были отреставрированы при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана специалистами из Франции во главе с Патрисией Вергес-Либаи.

Работы такого уровня позволяют не только сохранить наше культурное наследие, но и продемонстрировать международной публике редкие произведения искусства, хранящиеся в собраниях музеев Узбекистана.

В частности, отреставрированные работы будут показаны весной 2024 года на выставках в галерее Уффици во Флоренции и экспозиционном пространстве университета Ка Фоскари в Венеции.