Get Mystery Box with random crypto!

OGOH VA EHTIYOT BO‘LING, TAYYOR TURING... “COSMO_CA” milliy i | @Sportmatbuotxizmati

OGOH VA EHTIYOT BO‘LING, TAYYOR TURING...

“COSMO_CA” milliy iqlim model maʼlumotlariga koʻra, 10-yanvar soat 00.00 dan soat 12.00 ga qadar respublika boʻylab qor yogʻishi baʼzi joylarda koʻp yogʻishi koʻrsatilgan.

“Yashil” rang bilan tasvirlangan hududlarda yogʻinlar miqdori yarim sutkada umumiy 10 mm gacha, “sariq” rangli hududlarda 20 mm gacha, “qizil” rangli hududlarda koʻp miqdorda, xususan, qor boʻron boʻlishi koʻrsatilgan.

“COSMO_CA” milliy iqlim modeli 12-yanvar erta tong soat 08.00 da respublikaning janubida havo harorati -12 daraja, Toshkentda -17 daraja, vodiy viloyati markazida -14 daraja sovuqlik kutilmasini taqdim etmoqda.

Toshkent va Namangan viloyati chegaradosh aholi istiqomat qilmaydigan baland togʻlarida  harorat minimumlari -29 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin.