Get Mystery Box with random crypto!

Jastin Getji: 'Oliveyraning yuzini bejab qo'yishni intiqlik il | SPORT_UFC_BOKS

Jastin Getji: "Oliveyraning yuzini bejab qo'yishni intiqlik ila kutyapman"

Yengil vaznda UFC chempionlik kamariga da'vogar Jastin Getji kecha o'z unvonini himoya qilgan CHarlz Oliveyra haqida gapirdi.

Braziliyalik chempion uchinchi raundda Dastin Poreni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.

"Menga bu yoqdi. CHarlzga hurmatimni izhor qilaman. U shak-shubhasiz chempion. Unga qarshi kechadigan jangni intizorlik bilan kutaman. Menga qachon va qaerda, ochig'i farqi yo'q! Bugun kechqurun raqobatchimni ko'rdim. U haqiqiy vahshiy. Uning yuzini bejab, sindirib tashlashni sabrsizlik bilan kutyapman. CHarlz ko'p zarba o'tkazib yuboradi. Hozirdan meni bo'g'ib qo'yishini so'rab iltijo qilsin. Boshqa har qanday holatda uni muqarrar mag'lubiyat kutadi", - dedi Getji ESPN kanaliga bergan intervyusida. 

UFC prezidenti Dana Uayt kechagi turnirdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida Jastin Getjini keyingi da'vogar sifatida e'lon qilgandi.

Bizning kanal
https://t.me/joinchat/5vsvhTKUVFQ2NjMy