Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi kunda kesarcha kesish Uzoq o'tmishda ushbu operatsiya | Mammolin_Sperolin "Dora line"

Bugungi kunda kesarcha kesish

Uzoq o'tmishda ushbu operatsiya ayol uchun o'lim jazosiga teng edi, bu operatsiyaga faqat o'ta og'ir holatlarda murojaat qilinar edi, va u og’riqsizlantirishsiz, tikuvsiz va antibiotiksiz o’tkazilar edi.

Hozirgi kunda esa kesarcha kesish ayollarda qo’rqinch uyg’otmaydi, bu ko’rsatma haqida homilador ayol oldindan biladi va u odatda ona uchun ham, bola uchun ham yaxshiroqdir. Ushbu maqolada biz kesarcha kesish bilan bog'liq ba'zi muhim savollarga javob beramiz

Kesarcha kesish uchun nima ko'rsatma hisoblanadi?

Bola tug'ilishi onaning hayotiga xavf tug'dirsa (masalan, platsentaning oldinda joylashuvi, ayolning tos suyagi bilan homila boshi o’lchamlarining to’g’ri kelmasligi va hk) va tabiiy tug’ruq orqali tirik va sog'lom bolaning tug'ilishi shubha tug'dirsa (tug'ilish kanalining anomaliyalari, homilaning noto’g’ri joylashuvi va hk) kesarcha kesish operatsiyasini amalga oshirish kerak bo’ladi.

Agar operatsiya oldindan ko'rsatilgan bo'lsa, uni rejali ravishda amalga oshirish yaxshimi yoki dard kelganda amalga oshirish yaxshiroqmi?

Dard tutishlari, homila “tashqaridagi” hayotga to'liq tayyor bo'lganini, uning maksimal darajada rivojlanganining belgisidir. Bunday bola faolroq, u sutni yaxshiroq o'zlashtiradi, gepatit rivojlanish xavfi kamroq va hokazo. Ona uchun ham afzalliklar bor: bachadon yaxshi bo'shaydi, tezroq qisqaradi, operatsiyadan keyin kamroq terapevtik manipulyatsiyalar bajariladi. Ammo, agar dard kelishni kutish taktikasi ona va bolaga katta zarar yetkazishi mumkin bo'lsa, u holda kesarcha keish operatsiyasi rejaga asosan amalga oshiriladi.

Epidural anesteziya xavfsizmi?

Epidural anesteziya bilan bog'liq qo'rquvlarning aksariyati – bu mish-mishlar. Bugungi kunga kelib, qorin bo'shlig'i operatsiyalarida, shu jumladan, kesarcha kesishda epidural anesteziyaning boshqa og’riqsizlantirish usulariga nisbatan afzalligi isbotlangan va ilmiy asoslangan. Masalan, operatsiya epidural anesteziya bilan amalga oshirilsa, onada va homilada medikamentoz depressiya bo'lmaydi, ichak va siydik pufagi faoliyati tezroq tiklanadi, bemor erta turishi va mustaqil harakat qilishi mumkin bo’ladi. Albatta, ko'p narsa anesteziolog, akusher-ginekolog va, albatta, bemorning o'ziga bog'liqdir.

Epidural anesteziyaga qarshi ko'rsatmalar mavjudmi?

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar, umurtqa pog'onasining shikastlanishi va anomaliyalari, orqadagi yiringli toshmalar, davomli og'ir qon ketishi, qon ivishiga ta'sir qiluvchi ba'zi dorilarni qo'llash, og’riqsizlantirish uchun ishlatiladigan dorilarga allergiya bo'lishi mumkin. Bularning barchasi anesteziolog tomonidan baholanishi va akusher bilan birgalikda og'riqni yo'qotish imkoniyati va usuli to'g'risida qaror qabul qilinishi kerak.

Kesarcha kesishdan keyin tabiiy ravishda tug'ish mumkinmi?

Chandiq joyi teriday elastik bo’lmaydi, shuning uchun chandiq bo'ylab bachadon yorilishi xavfi har doim mavjud. Shuning uchun bu masalada yuqori malakali shifokorlar va sinchkov nazorat muhim. Ultratovush tekshiruvi bilan shunchaki chandiqning qalinligini emas, balki uni qatlamlarini kuzatib borish, bu sohadagi qon aylanishini kuzatish kerak bo’ladi. Bu chandiq izchil bo’lishini, dard tutishlariga bardosh bera olishini baholashga imkon beradi. Tug'ruq jarayoni ultratovush tekshiruvi bilan amalga oshirilsa, bu akusherlarga o'z vaqtida kerakli qarorini qabul qilish uchun yanada ko'proq kafolatlar va imkoniyatlar beradi. Bachadondagi chandiq bilan tug'ilish juda xavfli manipulyatsiya, u juda mashaqqatli, ammo u o'zini oqlaydi. Va kesarcha kesishdan keyin o'zlari tug'gan ayollarning deyarli barchasi bundan xursand.

Kesarcha kesishdan qancha vaqt o'tgach, yangi homiladorlikni rejalashtirish yaxshiroq?

Eng bardoshli va elastik chandiq taxminan 1,5-2 yil ichida hosil bo'ladi. Agar ayol operatsiyadan ko'p o'tmay homilador bo'lib qolsa, chandiq yaxshi bitmagan bo'lib, u homilaga bardosh bera olmasligi mumkin. Agar homiladorlik 10-15 yildan keyin sodir bo'lsa, unda ham bachadon yorilishi xavfi oshadi. Ammo bu yerda hamma narsa juda individualdir. Bugungi kunda yaxshi tikuv materi