Get Mystery Box with random crypto!

Siz ro'za tutyapsizmi? To'rt yigit Ramazon oyida, odamlardan | Ibratli sozlar

Siz ro'za tutyapsizmi?

To'rt yigit Ramazon oyida, odamlardan yashirin joyda ovqatlanib o'tirgan cholni ko'rdi.

- Buva! Siz ro'za tutmaysizmi? - deb so'rashdi yigitlar.

- Men ro'za tutyapman. Faqat suv ichib, ovqatlanyapman. Yoshlar kulib yuborishdi.

- Nima demoqchisiz?

Chol javob berdi: Men g'iybat qilmayabman, boshqalarni muhokama qilmayabman. Men hech kimga past nazar bilan qaramayabman. Men hech kimning ustidan kulmayabman. Men hech kimni xafa qilmayabman. Men hech kim bilan urushmayabman. Birovning mulkiga hasad qilmayabman. Lekin... afsuski, betobman, och qolish mumkin emas.

Keyin yigitlarga ishora qildi: Sizlar ham ro'za tutyapsizmi, bolalarim? Yigitlar boshlarini egdilar. Ulardan biri tortinchoqlik bilan javob berdi: - Yo'q, biz ovqat yemayabmiz...

Ibratli so'zlar