Get Mystery Box with random crypto!

Italiyada 1 yevrodan sotilayotgan uylar Italiyaning Pratola- | Soni Qancha?

Italiyada 1 yevrodan sotilayotgan uylar

Italiyaning Pratola-Pelinya kommunasi o‘z hududidagi uylarni ramziy narx – 1 yevrodan taklif qilmoqda. Avvalroq Sitsiliya orolida Troina shaharchasi rahbariyati ham shunday tashabbus ko‘rsatgandi.

Albatta, 1 yevroga uy olishning o‘ziga xos shartlari bor, xaridor kamida uch yil shu yerda yashashi, tashlab ketilgan va shu tarzda sotilgan uylarni obod qilishi kerak.

Gap Italiya – har bir hududi, har bir shahri tarixiy maqomga ega va turistlar muntazam borib turuvchi davlat haqida ketmoqda. Lekin ishsizlik, keksayish, yoshlarning katta shaharlarga intilishi kabi omillar tufayli provinsiyalardagi ko‘plab shaharchalarda uylar shunchaki tashlab ketilmoqda. Kimsasiz xonadonlar esa shaharning “o‘lib” borayotganini anglatadi va uni tiklash uchun uylarni tekinga berish kabi choralar boshqa davlatlarda ham qo‘llab turiladi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda-chi?

@SoniQancha