Get Mystery Box with random crypto!

Tasodifiy milliarderlar: yetti olim tomonidan yaratilgan start | Soni Qancha?

Tasodifiy milliarderlar: yetti olim tomonidan yaratilgan startapning bugungi narxi qancha?

Dunyodagi eng qimmat startaplardan biri – Databricks kompaniyasi tasodifan tashkil qilingan. Sakkiz yil muqaddam uning asoschilari universitetda ishlayotib, ma'lumotlar tahliliga asoslangan holda kelajakdagi voqealarni oldindan aytish instrumentini o‘ylab topishadi va xizmatni kompaniyalarga bepul taklif etishadi. Pul ishlashni o‘ylamagan olimlar bugungi kunda millarderdir.

Ular tomonidan yaratilgan startapni yaqinda $28 milliardga baholashdi.
Ayni kunda Databricks’ning 5 mingdan ortiqroq mijozlari bor va kompaniyaning tushumi bu yil o‘tgan yilgi $275 milliondan $500 milliongacha o‘sishi mumkin.

Databricks’ning yaratuvchilaribugungi kunga kelib har biri $1,4 milliard va undan ortiqroq qiymatga ega bo‘lgan 5-6 foizdan ulushga ega.

@SoniQancha