Get Mystery Box with random crypto!

AQSH 2022 yilda mudofaa ishlariga qancha miqdorda mablag‘ ajra | Soni Qancha?

AQSH 2022 yilda mudofaa ishlariga qancha miqdorda mablag‘ ajratadi?

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kongressdan milliy mudofaa xarajatlari uchun jami $752,9 milliard so‘radi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligining budjet takliflariga tayanib.

«Prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris ma’muriyati Kongressga 2022 yil moliyaviy budjeti uchun prezidentlik so‘rovini yubordi. Unda $752,9 milliard milliy mudofaa uchun, shundan $715 milliard Pentagon uchun ajratilgan», deyiladi hujjatda.

Pentagonning aniqlik kiritishicha, 2022 yilda mudofaa bo‘limi uchun budjet 2021 yilgi budjetdan ($703,7 milliard) 1,6 foizga ko‘p hisoblanadi. Ushbu mablag‘lar dengiz, harbiy havo kuchlari va quruqlikdagi kuchlarni moliyalashtirish, shu jumladan yadroviy qurol va kiber tahdidlarga qarshi kurashish uchun yo‘naltiriladi. Shuningdek, yadro qurollari uchun $27 milliard ajratiladi.

@SoniQancha