Get Mystery Box with random crypto!

Registon maketini qurib to'y o'tkazgan Azam Aslanovning boylig | Soni Qancha?

Registon maketini qurib to'y o'tkazgan Azam Aslanovning boyligi va biznesi haqida

Indoneziyaning rangli metall rudalarini qazib olishga ixtisoslashgan “Trans Asia Resources” kompaniyasi prezidenti Azam Aslanov O‘zbekistonda tug‘ilgan. Aslanovlar oilasi qariyb 15 yildan ortiq vaqtdan buyon O‘zbekistonda yashamaydi.

Azam Aslanovning o‘g‘li Omonning ijtimoiy tarmoqdarda tarqalgan nikoh oqshomi dabdabasi butun MDH davlatlarida o‘tkazilgan eng qimmat to‘ylardan biri. To‘y dabdabasi uchun Qrimdagi “Ayvazov” pansionati hududida Samarqand shahri majmuasi andozasi yaratilgan. Marosimni o‘tkazilishi uchun sarflangan mablag‘ $10-15 million deb qayd etgan.

Azam Aslanov 2019 yilda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi uchun $300 million investisiya jalb qilishini ma’lum qilgan edi.

Umuman olganda, Aslanovlarning boyligi haqidagi ma’lumotlar omma e’tiboridan berkitilgan va tahminlarga ko'ra bir necha milliard dollardan oshiq.

@SoniQancha