Get Mystery Box with random crypto!

Ish qidirayotgan sobiq prezident Polshaning sobiq prezidenti | Soni Qancha?

Ish qidirayotgan sobiq prezident

Polshaning sobiq prezidenti va Nobel mukofoti sovrindori Lex Valensa koronavirus pandemiyasi va pensiyasi yetmayotgani sababli ish izlayotganini ma'lum qildi.

77 yoshli siyosatchining ta'kidlashicha, u pensiyaga chiqqandan keyin $1600 miqdorida pensiya oladi, biroq rafiqasi har oy $1881 sarflaydi.

Avvalroq ham Valensa moliyaviy ahvolidan shikoyat qilib, “tilanchilik qilishga ham tayyorligini” aytgan.

Lex Valensa 1983-yilda tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan. U Polshani 1990-1995 yillarda boshqargan. Valensa pandemiyagacha dunyoning turli universitetlarida pullik ma'ruzalar o‘qib kelgan. 

Ta'kidlanishicha, Polshada o‘rtacha oylik $1316 ni tashkil qiladi. 

@SoniQancha