Get Mystery Box with random crypto!

O'lim jazosi qanchaga tushadi? AQShning Kaliforniya shtati 19 | Soni Qancha?

O'lim jazosi qanchaga tushadi?

AQShning Kaliforniya shtati 1978-yildan beri o'lim jazosini tashkillashtirish uchun byudjetdan $4 mlrd sarflagan, lekin, faqatgina 13 kishi o'ldirilgan.

Ma'lum bo'lishicha, o'lim jazosi butun umrlik qamoq jazosiga qaraganda 10 barobar qimmat.

AQShda o'lim jazosi tayinlangan jinoyatchilar o'rtacha 20 yil o'z jazosini kutishadi.

Aynan shu 20 yil ichida maxbusni saqlash xarajatlari, appelyatsiya jarayonlari xarajatlari, advokat va sudya xarajatlarini hisobga olganda bitta jinoyatchini o'lim jazosiga tayinlash o'rtacha 4.2 mln dollar zarar keltirar ekan.

@SoniQancha