Get Mystery Box with random crypto!

Ashuro kuni ro’zasi Abu Qatoda raziyallohu anhudan rivoyat qi | Some'.tv

Ashuro kuni ro’zasi

Abu Qatoda raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Nabiy sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
ya'ni: “Ashuro kuni ro’zasi (sababli) Alloh o’tgan yilgi gunohlarni kechirishini umid qilaman” (Imom Termiziy rivoyati).


Muharramning 10-kungi ro’zasiga 9-kunni ham qo’shib tutish sunnat amaldir. Chunki Ibn Abbos raziyallohu anhuning rivoyatida: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro’zasini tutdilar va u kunning ro’zasini tutishga amr qildilar. Odamlar: “Ey Allohninig Rasuli, bu kunni yahudiy va nasorolar ulug’laydilar”, – deyishdi. Shunda U Zot sallallohu alayhi vasallam: “Kelasi yil inshaalloh, to’qqizinchi kunni ham ro’zasini tutamiz”, - dedilar. Kelasi yil bo’lmasdan turib Rasululloh sallallohu alayhi vasallam vafot etdilar”, – deyilgan (Imom Muslim va Imom Abu Dovud rivoyati).

9 Muharram - 7 avgust - yakshanba
Saharlik 03:52
Iftorlik 19:35

10 Muharram - 8 avgust - dushanba
Saharlik 03:54
Iftorlik 19:34
@AbdulbositQori

@Sometv