Get Mystery Box with random crypto!

Meni doim qoʻllab-quvvatlovchi doʻst boʻl. Bir ishni boshlagan | Somethings✨

Meni doim qoʻllab-quvvatlovchi doʻst boʻl. Bir ishni boshlaganimda "Eplolmaysan" deydigan doʻst boʻlma. Bunday doʻstlar yetarli menda. Sen men uchun oʻzgacha boʻl. Senga tinmay qoʻngʻiroq qilishim uchun sabab boʻlsin, oramizda shunday chin doʻstlik rishtasi boʻlsinki seni doim eslay, yoʻqlay, havotir olay. Eslamaganim uchun ranjishingdan foyda yoʻq, menga dalda, suyanch kerak paytida yonimda boʻlmaganing uchun seni yolgʻiz qoʻygandirman. Boshimni qaysi devorga urishni bilmagan paytimda xafaligimni, betobligimni bildirmaslik uchun yoʻqlamagandirman. Senga dardimni bir qismini ham ayta olmayman, seni havotirga qoʻyish qoʻlimdan kelmaydi. Esingdan chiqarma, men sen bilan gʻiybat, igʻvo, vaqtni sovurish uchun doʻst emasman. Sen bilan Qiyomatli doʻst boʻlish uchun yoningdaman. Oʻrningni yoʻqotma. Oʻrningga munosib boʻl. Holating yomon boʻlsa qoʻngʻiroq qil. Chunki senga muhtojman...