Get Mystery Box with random crypto!

#U U har doim kuchli bo’lishga intiladi. Ammo kuchli emas. E | Somethings✨

#U

U har doim kuchli bo’lishga intiladi. Ammo kuchli emas. Eng og’ir paytlarida, kimdir yonida turishini “Yaxshimisan?” deyishini kutadi… “Yaxshimasman” javobini berish uchun atrofga qaraydi. Lekin hech kim yo’q…

U charchagan insonlardan, faqat gaplarda qolib ketgan insonlardan. Hozir kimdir u bilan tanishishni xohlasa, qo’rquvdan qaltiraydi. Yo’q u qo’rqoq emas. Aslo… U shunchaki har safar bir xil og’riqni his qilishdan charchagan. Kelaverishadi… Va shunchaki ketaverishadi… U yashagan og’riqlar esa u bilan…

U shu darajaga kelganki, endi baribir… Kim nima deyapti… Kim ketyapti… U shunchaki juda charchagan. Yiqilishiga bir bahya qolganida orqasiga qaraydi. O’sha joyda uni ushlab qoladigan kimdir bo’lishiga umid qiladi. Atrofda esa hech kim yo’q. Ammo u juda charchagan… Endi farqi yo’q yerga tushgandagi og’riqlar. Yiqiladi…

Chunki atrofidagilar berayotgan og’riqlardan juda charchagan. Yiqilaverib… O’rnidan qayta turaverib… Qayerdadir qancha yomon gapirsa ham ketmasdan “Yaxshimisan?” degan kimnidir qidiradi…

“Yaxshi emasman” javobini berish uchun… “Yaxshi emasman…”

@m1racle_F3