Get Mystery Box with random crypto!

Soliqlar va sug'urta fakulteti

Telegram kanalining logotibi soliqlar_va_sugurta — Soliqlar va sug'urta fakulteti S
Telegram kanalining logotibi soliqlar_va_sugurta — Soliqlar va sug'urta fakulteti
Kanal manzili: @soliqlar_va_sugurta
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 215
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya instituti "Soliqlar va sug'urta" fakulteti rasmiy kanali.
Rasmiy instagram sahifamiz: @soliq_va_sugurta
Takliflar va e'lonlar uchun: @soliqtmi_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-01-10 14:39:25
#Yosh_sug'urtachi

Joriy yilning 10-yanvar kuni qishki ta'til mobaynida talabalar bilimini oshirish hamda ma'naviy tadbir tashkil etish yuzasidan “Soliqlar va sug’urta” fakulteti va “Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi bilan hamkorlikda Zoom platformasi orqali “Yosh sug’urtachi” bilimlar bellashuvi bo’lib o’tdi.

Bilimlar bellashuvida “Soliqlar va sug’urta” fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi. Eng faol talaba sifatida:

1-o’rin: SS-50 guruh talabasi Sultonov Javohir
2-o’rin: SS-81 guruh talabasi Tursunov Abdulaziz
3-o’rin: SS-81 guruh talabasi Ergashev Sardor egalladi.

Batafsil

@soliqlar_va_sugurta
124 views11:39
Ochish/sharhlash
2023-01-10 08:32:12
#TANLOV
Toshkent moliya instituti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi talaba-yoshlar oʻrtasida 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan “VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCH” shiori ostida videoroliklar tanloviga start beradi.

Tanlov shartlari:

Video hajmi 50 MB dan oshmasligi;
Video davomiyligi 3-5 daqiqa;
Videoroliklar 13-yanvar soat 23:00 gacha qabul qilinadi.

Gʻoliblar pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

Videoroliklarni quyidagi linkga yuborishingiz so‘raladi.

https://t.me/tfi_yoshlar_bilan_ishlash
127 views05:32
Ochish/sharhlash
2023-01-09 19:26:40
#moliya_N1

Moliya N1

insta_reels

unofficial_tmi

@moliya_unofficial
127 views16:26
Ochish/sharhlash
2023-01-09 13:32:22
#diqqat_tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish
177 views10:32
Ochish/sharhlash
2023-01-09 13:29:35
#vine #qishki_tatil

Qishgi ta'til yohud 14-yanvar mojarosi

Toshkent moliya instituti unofficial jamoasi Yuqoridagi mavzularda VINE ustalarni jangga chorlaydi.

Yuqoridagi temalarda sizlardan kreativ va komediyaga to'la bo'lgan Vinelarni kutib qolamiz

Videolar Toshkent moliya instituti rasmiy Unofficial telegram kanalida qo'yib boriladi.

Videolar #unofficialmoliya #hashtagi ostida yuborishingiz so'raladi!

Videolar Ushbu telegram manzilda qabul qilinadi https://t.me/sard0rbekme

Bizni kuzatishda davom eting ; @soliqlar_va_sugurta
139 views10:29
Ochish/sharhlash
2023-01-07 11:05:28
#talabaga_qulaylik
#bilasizmi

Talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin

Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, tizimda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rish mumkin.

Buning uchun:

Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

Davlat xizmatlari bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang;

va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

Android uchun yuklab oling

iOS uchun yuklab oling
171 views08:05
Ochish/sharhlash
2023-01-05 18:39:52
#RasmiyXabar

Rasmiy xabar: qishki taʼtil uzaytirildi

Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

Oʻquv mashgʻulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

TMI axborot xizmati
208 views15:39
Ochish/sharhlash
2023-01-02 20:23:25
#Talabaga_yengillik

31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti oʻzgaradi

Poytaxt metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2023-yil 9-yanvardan yuqoridagi rasmda keltirilgan taʼlim maskanlari talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Eslatib oʻtamiz, qishki taʼtil tugab, dars jarayonlarining boshlanish sanasi 9-yanvar, dushanba kuniga toʻgʻri keladi. 5-yanvardan esa talabalar turar joyi oʻz ishini boshlaydi.
265 views17:23
Ochish/sharhlash
2023-01-02 15:36:29 Magistraturaga qishki qabul 10-yanvargacha davom etadi. Xorijiy til sertifikati albatta boʻlishi kerak, faqat minimal daraja hozircha talab etilmaydi

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qishki qabul 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn boʻlib oʻtadi. Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi. Yaʼni bu safar ham kirish imtihonlari boʻlmaydi.

Xorijiy sertifikat boʻyicha istisno qilinadi

Tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilgan sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Bu nima degani?

Demak, qishki qabulda ham til bilish darajasini belgilovchi sertifikat soʻraladi. Sertifkatsiz qabul boʻlmaydi. Ammo minimal talab boʻlmasa ham istisno qilinadi. Amaldagi tartibga koʻra, abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega boʻlish kerak. Endilikda, masalan, B1 darajali sertifikat bilan ham magistraturaga kirsa boʻladi.

Asosiy sharti, toki oʻqishni tugatguncha, talab etilgandek C1 yoki B2 sertifikat olishga majbur. Yoʻqsa yakuniy attestatsiyaga kiritilmaydi. Boshqacha aytganda, toki kerakli sertifikatni olmaguncha magistr diplomi berilmaydi.
218 views12:36
Ochish/sharhlash
2022-12-31 16:03:17
#YangiYil #BayramTabrigi

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Muhtaram ustozlar, ishchi-xodimlar!

Aziz talaba-yoshlar!

Mana shunday bayramona, quvonchli kunlarda institutimizda faoliyat yuritayotgan muhtaram ustozlar va xodimlarni, kelajagimiz tayanchi boʻlgan aziz talaba-yoshlarni yangi yil bayrami munosabati bilan chin qalbimdan oʻzim va institut rahbariyati nomidan samimiy qutlayman!

Batafsil: https://tfi.uz/uz-Latn/news/rektor_tabrigi_2022_yil
198 views13:03
Ochish/sharhlash