Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar #imtiyoz Mol-mulk solig'i va ye | Солиқчи кундалиги

#qonunchilikdagi_yangiliklar
#imtiyoz

Mol-mulk solig'i va yer solig'idan imtiyozga ega bo‘lgan soliq to'lovchilar ushbu soliqlarning 1 foizini to'laydi

Avvalroq Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani xabar qilingan edi.

Demak, mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod etilgan tadbirkorlik subyektlari ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘laydi. Mazkur qoida ularga Soliq kodeksining 483-moddasida, shuningdek, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarga taalluqlidir va 3 oydan keyin (2022-yil 6-avgustdan) kuchga kiradi.
Soliq kodeksining 75-moddasi 11-qismi

Ushbu o‘zgarishlar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilarning va soliqdan ozod etilgan soliq obyektlarini hisobini yuritish maqsadida kiritilgan.

Eslatma Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq quyidagilar mol-mulk solig'i va yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahri va tumani uchun "o‘sish nuqtasi" deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlangan ro‘yxat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo‘jaliklari — 2022-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatga.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram