Get Mystery Box with random crypto!

#xalqaro_oila_kuni Soliqchilar oilasi – sportchilar oilasi! | Солиқчи кундалиги

#xalqaro_oila_kuni

Soliqchilar oilasi – sportchilar oilasi!

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi mo‘jaz maskan. Ma’lumki, 15-may Xalqaro oila kuni sifatida jahon miqyosida keng nishonlanadi.

Sana munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasida “Soliqchilar oilasi – sportchilar oilasi” shiori ostida markaziy apparat va tizim tashkilotlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirokida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Unda ota-onalar va farzandlardan tarkib topgan jamoalar o‘zaro bahs olib bordi. Oilaviy tennis musobaqasi doirasida jamoalar nafaqat g‘oliblik uchun kurash olib bordi, balki o‘zaro muloqotga kirishib, dildan suhbat qurishdi. Bolajonlar o‘zlariga yangi do‘stlar orttirdi.

Tadbir so‘nggida musobaqa g‘oliblari va barcha ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram