Get Mystery Box with random crypto!

✨Solihiyn Kutubxonasi✨

Telegram kanalining logotibi solihiynkutubxonasi — ✨Solihiyn Kutubxonasi✨ S
Telegram kanalining logotibi solihiynkutubxonasi — ✨Solihiyn Kutubxonasi✨
Kanal manzili: @solihiynkutubxonasi
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37
Kanalning ta’rifi

🥸🤓❤️📚
📍 Iqtiboslar olami 🌏
☝️ Unutmang! ✨
💫 Najot ilmda, ilm esa kitoblarda. 📚
☎️ @Solihiyn_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-05 11:44:54 Asmaul Husna (34-66)

34. Al Azim - Azamat va qudrat soxibi. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada ulug'.
35. Al Go'fur - Ko'plab mag'firat qiluvchi.
36. Ash Shakur - Oz amaliga ko'plab savob beruvchi.
37. Al Aliy - Martabasi oliylikda benihoya
38. Al Kabir - Hammadan ulug'
39. Al Hafiz - Komil muhofaza qiluvchi
40. Al Muqit - Barcha moddiy va ruxiy ne'matlarni yaratuvchi
41. Al Hasib - Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.
42. Al Jalil - Sifatlarida ulug'likka ega.
43. Al Kariym - Birov so'ramasa ham beruvchi.
44. Ar Roqib - Hech bir narsani e'tibordan qoldirmay tekshiruvchi.
45. Al Mujib - Duolarni ijobat qiluvchi.
46. Al Vasi - Keng qamrovli.
47. Al Hakiym - Dono
48. Al Vadud - Bandalarini sevuvchi.
49. Al Majiid - Eng ulug'vor.
50. Al Ba'is - O'liklarni tiriltiruvchi
51. Ash Shahid - Har bir narsaga shohidlik beruvchi
52. Al Haq - Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi.
53. Al Vakil - Barcha ish unga topshirilgan zot.
54. Al Qoviy - Quvvatli zot.
55. Al Matin - Matonatli zot.
56. Al Valiy - Himoya qiluvchi doʻst, ishonchli vakil.
57. Al Hamid - Barcha hamdlar unga boʻlgan zot.
58. Al Muhsi - Barcha ishning hisobini olgan zot.
59. Al Mubdi - Barcha narsani oldindan bor qilgan zot.
60. Al Muid - Yo'q boʻlgan narsani yana bor qiluvchi zot.
61. Al Muhyi - O'liklarni tiriltiruvchi.
62. Al Mumit - Jon oluvchi.
63. Al Hayy - Abadiy, azaliy tirik.
64. Al Qoyyum - Qoyim boʻluvchi, boshqalarni ham qoyim qiluvchi.
65. Al Vajid - Istaganini topuvchi.
66. Al Majid - Majdu sharaf sohibi.

@SolihiynKutubxonasi
22 views08:44
Ochish/sharhlash
2023-01-05 11:43:34 Asmaul Husna (1-33)

1. Alloh - Yagona sig'iniluvchi iloh
2. Ar Rohman - Ulug' ne'matlarni beruvchi. Mo'minga ham, kofirga ham birdek ne'matlarni ato qiluvchi.
3. Ar Rohiym - Latif ne'matlarni beruvchi. Qiyomatda faqat mo'minlarga rahm qiluvchi.
4. Al Malik - Barcha mulk egasi. Yagona podshoh.
5. Al Quddus - Xato, kamchiliklardan holi. Muqaddas.
6. As Salam - Ofat, balolardan salomat. Bandalariga tinchlik, omonlik va xotirjamlik beruvchi.
7. Al Mu'min - Iymon va omonlik beruvchi.
8. Al Muhaymin - Barcha narsani qamrab oluvchi. U bandalarining barcha ishidan xabardor.
9. Al Aziz - Izzat va qudrat sohibi. Barcha narsa ustidan yagona go'lib.
10. Al Jabbar - Bandalarining ishlarini isloh qiluvchi. Oliy qadar ulug'. Uning oldida barcha o'zini xor tutadi.
11. Al Mutakabbir - Kattalik yarashuvchi zot. Kibriyosi va ulug'ligi behad.
12. Al Xoliq - Mutlaq yaratuvchi. Mavjudot va narsalarni shaklini yagona va xos qilib yaratuvchi.
13. Al Ba'ri - Yo'qdan bor qiluvchi.
14. Al Musovvir - Mavjudot va narsalarga shaklu shamoil beruvchi.
15. Al G'offar - Bandalarining ayblarini kechib yuboruvchi.
16. Al Qohhar - Barcha narsani o'z hukmida turib turuvchi.
17. Al Vahhab - O'z ne'matlarini tekinga ato etuvchi.
18. Al Rozzaq - Badalarining rizqini va uning sabablarini yetkizib turuvchi.
19. Al Fattah - Rahmat xazinalarni ochuvchi. Hukm etuvchi.
20. Al A'lim - Barcha narsani: bo'lgan va bo'lmagan, avvalgi va keyingi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.
21. Al Qobiz - Rizqlarni tang qiluvchi. Ruxlarni oluvchi.
22. Al Basit - Rizqlarni keng qiluvchi, rux eto etuvchi.
23. Al Xofiz - Kofirlarning martabasini tushuruvchi
24. Al Rofi - Mo'minlarning darajasini ko'taruvchi.
25. Al Muiz - Kimlarnidir aziz qadrli qiluvchi.
26. Al Muzil - Kimlarnidir xoru zalil qiluvchi.
27. As Sami - Barcha narsaning eshitib turuvchi.
28. Al Basir - Barcha narsani ko'rib turuvchi.
29. Al Hakam - Qat'iy hukm etuvchi.
30. Al Adl - O'ta adolatli
31. Al Latif - Bandalariga o'z lutfu ehsonini ato qiluvchi.
32. Al Xobir - Barcha narsadan xabardor.
33. Al Halim - Jazolashga shoshilmaydigan. Hilm bilan muomila qiluvchi.

@SolihiynKutubxonasi
21 viewsedited  08:43
Ochish/sharhlash
2023-01-05 11:06:53
Solihiyn jamoasining elektron kitoblar javoni

https://t.me/Solihiyn_eKitoblar

@SolihiynKutubxonasi
21 views08:06
Ochish/sharhlash
2023-01-05 04:24:32
Ichimizdagi gaplar...

Facebook sahifamdan oldim

@SolihiynKutubxonasi
24 views01:24
Ochish/sharhlash
2023-01-02 16:32:46 #yangiMutoala

Choʻlpon - Kecha va kunduz

2.01.2023 18:33

Doktor Oiz Qarniy - Dunyodagi eng baxtli ayol

@SolihiynKutubxonasi
34 viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2023-01-02 15:34:41 #iqtibos

Musulmonlar o'rta asrlarda ilm, fan va falsafada yagona edilar. Ular bu narsalarni qadamlari qayerga yetsa, o'sha yerlarga tarqatdilar. Bu narsalar ular orqali Yevropada ham tarqaldi. Yevropaning uyg'onishi va taraqqiyotining asosiy sababchilari ham musulmonlardir.

Professor Sedilat

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - Iymon

@SolihiynKutubxonasi
32 views12:34
Ochish/sharhlash
2023-01-02 06:54:04 Solihiyn jamoasining 2022-yildan olgan 22 ta xulosasi:

Solih:
1. Ustozlar muhokama qiladigan mavzuni, oddiy odamlar ichida ko'tarma.

2. Odamlarga yumshoq muamala qil.

3. Yangilar kelib, eskilarni unutma.

4. Qidirganingni albatta topasan.

5. Riyo - chiroyli xatar.

6. Nimaga ishonsang, o'sha tog'ri.

7. O'zingdan boshqani ayblashga haqqing yo'q.

8. Erisholmaganing emas, voz kechganing fojea.

9. Qo'lingdan kelgancha harakat qil, qolgani taqdiri ilohiy.

10. Ertaga hech qachon kelmaydi. Buguningni isloh qil.

11. Ba'zi-ba'zida "Tog'rimi" savolini o'rniga, "Xato emasmi" savolini ishlatish, ko'p muammolarni oldini oladi.

Soliha:
12. Oʻzingni fikringni isbotlashga urinma!

13. Avvalo uyqini toʻgʻrla.

14. Kuningni tartibla. Rejadan chiqma.

15. Maksimalni vaqtingni kerakli ishlar uchun sarfla, muhimi foydali boʻlsin.

16. Oʻzingni oʻzing isloh qil.

17. Fikrlaringni doim yozib yur.

18. Yangila, moslash, yengib oʻt.

19. Hammaga ham ishonma.

20. Odamlar bilan kamroq, Alloh bilan koʻproq gaplash.

21. Oʻqi, tushun, takrorla.

22. Yaqinlaringdan tez - tez habar ol.

@SolihiynKutubxonasi
39 viewsedited  03:54
Ochish/sharhlash
2023-01-01 15:16:13 #iqtibos

Biror haqiqat muayyan bir falsafaga bog'liq emas, balki barcha falsafalarni o'rganib, eng yaxshisini tanlab olmoq zarur.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - Iymon

@SolihiynKutubxonasi
35 views12:16
Ochish/sharhlash
2023-01-01 11:53:47 #iqtibos

Agar, men bugun kechadigan ko'ra ilmliroq bo'lsam, Allohga bo'lgan ishonchim ham kechagidan mustahkamroq bo'ladi.

Pastor

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - Iymon

@SolihiynKutubxonasi
35 views08:53
Ochish/sharhlash
2023-01-01 11:43:15 #iqtibos

Inson shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa to'g'ri yo'lga sola olmaydi, taraqqiyotga ham erishtira olmaydi.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - Iymon

@SolihiynKutubxonasi
31 viewsedited  08:43
Ochish/sharhlash