Get Mystery Box with random crypto!

#iqtibos Imom Hasan Basriy «...o'ngda va chapda o'tirgan hol | ✨Solihiyn Kutubxonasi✨

#iqtibos

Imom Hasan Basriy «...o'ngda va chapda o'tirgan hollarida» oyatini o'qib turib: «Ey odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi, bittasi — o'ng tarafingdagisi yaxshiliklaringni yozadi, ikkinchisi — chap tarafingdagisi yomonliklaringni yozadi. Nimani xohasang, qilaver — ozmi, ko'pmi... Vafot etganingda, sahifang berkitiladi, qabringda bo'yningga osib qo'yiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan...» degan ekanlar.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - Iymon

@SolihiynKutubxonasi