Get Mystery Box with random crypto!

Asmaul Husna (67-99) 67. Al Vahid - Yagona. Bitta. Bo'linmas. | ✨Solihiyn Kutubxonasi✨

Asmaul Husna (67-99)

67. Al Vahid - Yagona. Bitta. Bo'linmas.
68. As Somad - Itoat qilinadigan ulug' zot. Usiz hech bir ish bitmaydi.
69. Al Qodir - Cheksiz qudrat sohibi. Har bir ish Unga osondir.
70. Al Muqtodir - Juda ham qudratli.
71. Al Muqoddim - Ishlarni oldinga suruvchi.
72. Al Muaxxir - Ishlarni orqaga suruvchi.
73. Al Avval - U hamma narsadan oldin ham bor edi.
74. Al Axir - U barcha narsa yo'q bo'lganda ham bo'ladi.
75. Az Zohir - Uning mavjudligi ochiq-oydindir.
76. Al Batin - U ko'zga ko'rinmaydi. Barchadan yashirin narsalarni ham ko'rib turadi.
77. Al Vali - Barcha narsaning egasi.
78. Al Muta'ali - Nuqsonlarda pok zot.
79. Al Barr - Ulug' yaxshilik qiluvchi zot.
80. Al Tavvab - Bandalarini tavbaga yo'llovchi va tavbalarini qabul qiluvchi zot.
81. Al Muntaqim - Osiy, zolimlardan intiqom oluvchi.
82. Al Afuvv - Afv qiluvchi.
83. Ar Rouf - O'ta shavqatli, mehribon.
84. Malik ul Mulk - Barcha mulkning mutlaq egasi.
85. Zul Jalalil val Ikrom - Sharaf va Kamol, Karam va Ikrom sohibi.
86. Al Muqsit - Oʻz adolati ila mazlumga nusrat, zolimga jazo beruvchi.
87. Al Jami - Barchani jamlovchi.
88. Al G'oni - Behojat
89. Al Mug'ni - Behojat qiluvchi
90. Al Ma'ni - Man qiluvchi
91. Az Zor - Zarar qiluvchu, zararli narsalarni yaratuvchi.
92. An Na'fi - Manfaat beruvchi.
93. An Nur - Oʻz Oʻzidan zohir bolgan. Boshqalarni ham zohir qiluvchi.
94. Al hadi - Hidoyat beruvchi.
95. Al Badi - O'xshashi yo'q narsalarni keltiruvchi.
96. Al Baqiy - Boqiy qoluvchi. Foniylik Unga oriz boʻlmaydi.
97. Al Varis - Barcha narsa yoʻq boʻlib ketganda ham, Boqiy qoluvchi.
98. Ar Roshid - Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchu.
99. As Sobur - O'ta sabrli. Osiylarni jazolashga shoshilmaydigan.

@SolihiynKutubxonasi