Get Mystery Box with random crypto!

Ogoh bo'ling Arafa kuni! Uy tozalaydigan, bozor qiladigan, pi | СОЛИХА АЁЛ🧕🧕🧕

Ogoh bo'ling Arafa kuni!
Uy tozalaydigan, bozor qiladigan, pishir - kuydir qiladigan yoki uhlab, dam oladigan kun emas

Balkim Arafa kunini Alloh Ta'alo boshqa kunlardan ulug'lab, u kunda mo'min bandalarini jahannamdan ozod qiladigan kun qildi.
Arafa kuni toa't-ibodat va ibodatda tirishiladigan kundir!
Va duolarning eng yaxshisi Arafa kunida qilinadigan duodir.

Biror nafasingiz Allohning ibodatidan va unga yaqinlashishdan holiy bo'lmasligiga qattiq tirishing.
Agar qadr kechasi nomalum bo'lsa, Arafa kuni malumdir.
Agar qadr kechasida farishtalar tushadigan bo'lsa, Arafa kunida Alloh Ta'alo tushadi.
Bu fursatni qo'linglardan berib qo'ymay, ibodatda juddu-jahd qilinglar!

1) Arafa kechasi erta uhlang!
Robbingizning ibodatiga kuch to'plashlik uchun!

2) Saharlikka turib , bu kuni ro'za tuting.
Imom Muslimda kelgan sahih hadisga ko'ra, Rosululloh sollallahu alayhi vasallam: " Arafa kuni tutilgan ro'za bir yil oldingi va bir yil keyingi gunohlarga kafforat bo'ladi " Deyishgan.

3) So'ngra eng ozi 2 yoki 4 rakaat namoz o'qib, sajdadalik holatingizda Robbingizdan dunyo va ohirat yaxshiliklarini so'rang. Va sizni, Robbingizning rahmati va mag'firati nozil bo'ladigan ushbu ulug' kunga yetkazgani uchun o'ziga hamdu sano ayting.

4) Bomdod namozidan avval vaqtingizni istig'for aytish bilan o'tkazing.
Hattoyinki Allohning huzurida, saharlarda istig'for aytuvchilardan deb yozilishingiz uchun.

5) Bomdod namozini o'qib, joynamozda tong otguncha zikr qilib, quron o'qib , tasbih aytib, Robbingizni ulug'lab o'tiring.

6) So'ngra shuruq namozini o'qing, haj va umra savobiga erishish uchun. Ogoh bo'ling! Bundan mahrum bo'lib qolmang.!

7) Agar qodir bo'lsangiz bundan keyin uhlamang yoki ozginagina ibodatga kuch to'plash uchun uhlang va biror soniyangizni zikr va duodan xoliy qilmang!
Duoyingiz ijobat bo'lishiga ishonchingiz komil bo'lsin.

8) So'ngra uyqudan turib, tahorat olib, kamida 4 rakaat Duho namozini o'qing. Va turli hil ibodatlarni qilingki, hattoyinki bittasidan zerikib qolmasligingiz uchun...
Takbir, zikr, Quro'n tilovati, namoz, duo...

9) Arafa kuni haqidagi darsliklarni butun vujudingiz bilan tinglang. Bu yilgi Arafa kuni barcha yillarnikidan yaxshiroq o'tsin.

10) Robbingizning xuzurida turadigan holatingizni ko'z oldingizda keltirib, xushu bilan duo qiling va barcha yerlardagi mazlum birodarlaringizni duoda unitmang.

11) Allohga Arafa kunini quyoshi botkunga qadar duo qilingki xattoyinki sizxam bu kunda jahannamdan ozod bo'ladigan bandalaridan bo'ling.

Alloh Ta'alo barchamizga solih amallarni muvaffaq qilib qo'ysin.

Amin

Safiya Hatam
@soliha_ayollarga