Get Mystery Box with random crypto!

“So’g’diyona” OFK Kubogi 2022 uchrashuvlari uchun akkreditatsi | So'g'diyona Fan Club| Rasmiy⚽

“So’g’diyona” OFK Kubogi 2022 uchrashuvlari uchun akkreditatsiya jarayonini boshladi

Xabaringiz bor, sevimli jamoamiz 6 Sentabr kuni “So’g’diyona” markaziy stadionda Gongkongning “Istern” jamoasi bilan kuch sinashadi.

“So’g’diyona” – “Istern” bellashuvidan oldingi va keying rasmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun arizalar 28 avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari, “So’g’diyona” PFKga o‘z tashkilotlari rahbarlari nomidan rasmiy xat, 3X4 hajmdagi fotosurat va pasport nusxalarini faqat elektron shaklda jo‘natishlari so‘raladi.
Barcha so‘ralgan hujjatlar
fc.sogdiana@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

So’g’diyona matbuot xizmati