Get Mystery Box with random crypto!

Abdullajon⚡️Soatov Blogi

Telegram kanalining logotibi soatovblogi — Abdullajon⚡️Soatov Blogi A
Telegram kanalining logotibi soatovblogi — Abdullajon⚡️Soatov Blogi
Kanal manzili: @soatovblogi
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 898
Kanalning ta’rifi

Hayotimdan olingan bir chimdim parchalar, ular uchun qoralangan satrlar!
“Robbi zidni ilman va fahman”.
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.
Xabarlarni boshidan boshlab koʻrib chiqish
👉 https://t.me/SoatovBlogi/51
Murojaat/ads @SoatovBlogibot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-09-01 16:01:35 Bugun kim nima ishlar bilan band?

Comment Go
304 viewsㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ, 13:01
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:14:33 Hurmatli obunachilarim!

Sizlarni eng qadrli, eng ulug‘ ayyom – Mustaqilligimizning  31 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etadi.

Barchangizga sog'liqni va sihat salomat tilagan holda Abdulla Soatov

@SoatovBlogi Abdullajon
438 views°•○ Bolakay ○•°, 04:14
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:22:08 TALABALIKKA TAVSIYA ETILMADINGIZ

-Ha. Sizga u nasib qilmadi. Talaba bo‘lishni uddalay olmadingiz. Biroq ko‘ngilni cho‘ktirmang. Xuddi o‘ladigan kuningiz ma'lum-u siz u tomonga borayotgandek, barcha ozru umidlaringizni so‘ndiryapsiz. So'nggi umid uchquningizni ham o‘chirayapsiz.

Men abituriyentligimda...

Men ham juda ko‘p o‘qiganman. Mavzu kitobni qaysi betida, qayerida qanday rasm borligi va nima deb yozilganligi eslab qolishga majbur edim. Xato shunday ham qilardim.
Imtihonga bordim, o‘qishga topshirdim. Natijam juda ham past chiqdi. 74 ball yana kichik desyati ham bor edi, aynan hozir eslolmiyman. O‘sha yili o‘qishga kirolmadim. Menda ham achinarli holat bo‘lgan, xatto ovqat ham yemay qo‘yib bir ikki kun xafa bo'lib yurgan man va bu esda qolarli davrlar bo‘lgan ekan.


Ikkinchi yil

Imtihondan yiqilgach, nima qilishni bilmadim ochig‘i. O‘sha yili ilk marotaba Toshkentga ishga chiqdim. Sergeli 7 degan joyida borib Elektrik sifatida ishladim. Yaxshilab o‘ylab qaradim. Ishchilar hammasi yosh ekan. Bu yerda mana shuncha yoshlar ishlayapti. Men ham ular qatoridaman. Yo‘q! Ular yildan yilga ko‘payadi. Menga esa og'ir ishda ishlash yoqmaydi. Shoshma Abdulla sen nima qilib bu yerda yuribsan, axir kelajakda boshqa inson bo'lmoqchi eding-ku dedim, o'zimga-o‘zim o‘sha o‘y fikrlardan so‘ng uyga qaytdim. Uyga qaytgach yoqmasada kitob o‘qib boshladim. 7 sinfdan Tarix va Ona tili o‘qib yurardim. Ancha ko'nikma va bilimlarim bo‘lsa, ham yo‘nalishni 180⁰ gradusga burishga harakat qildim. Matematika va Fizika o‘rganishni boshladim. Yakunida esa Matematika va Ingliz tili faniga topshirdim. Dahshatli tomoni aytadigan bo‘lsam. O‘sha yili Matematikam kam chiqdi. Men umuman tayyorlanmagan fanim ingliz tilidan 18 ta topgandim. Ingliz tilidan tayyorlanadigan, tanishlarim meni masxaraboz deb atagan o'shanda, negaki ular 18 ta yechib chiqa olishmagan edi-da.

Uchinchi yil (talaba bo‘lgan yilim)

Oktyabrdan boshlab toki dekabr oyini 15 gacha tayyorlandim. Matematika fanidan va bu vaqtda meni ona tilidan online kurs tayyorlaydigan. Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qishga kirgan, E‘zoza degan qiz yordam berardi. Albatta meni ham ko'p yordamim tekkan, hozir qayerda bo‘lsa, ham sog'-salomat yurgan bo‘lsin, ilohim. O‘quv markazida ham dars berardi. Menga ham erinmay o'rgatgan. U kishi uchratishni va minnatdorchilik bildirishni astoydil istagan bo‘lardim. Biroq aloqalarimiz uzilganligi sababli topa olmadim. Hozir 3 kurs bo‘lishi kerak.

Shu imtihonlar yaqinlashdi. Hayajonsiz kirardim imtihonlarga negadir, shu safar ozgina hayajon bo'ldi va buni juda oson yo‘l bilan yengandim. Imtihondan 78.75 ball bilan chiqdim. Natijanimni 12 avgustdan to 3 sentyabrgacha kutganman. Mazza bo‘lgandi o‘ziyam. Natijam meni qoniqtirdi. 5 topshirgan Universitetdan 4 tasiga o‘qishga kirdim. Grant ustuvorligi qilganligim uchungina Qarshida o‘qishga majbur bo‘lganman.

Xo‘sh! Nega siqilayapsiz ayting..?
Hammasi o'tgunchi, hammasi vaqtda bilan bog'liq, qiladigan harakatlaringizga yarashasini olasiz. Kurashga qo'shilish vaqti keldi, sizni bu shumshayib yurishingizda holi talaba bo‘la olmaysiz...!

O‘qib odam bo‘larmiding?
Mana men ham o‘qimaganman oying ham?
Bizni avlodda olimlar yetishib chiqganman?
Senam o‘qib go‘r bo‘lmiysan?

Erga berib yuboramiz, oila qurib yaxshi bo‘lib ketasan?

O‘zbek segmentida qolibga solingan so'zlarni eshitishga majbur bo'lasiz!

Sizda esa hammasi o'zgartirishga vaqt bor!

@SoatovBlogi Abdullajon
747 viewsㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ, 04:22
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:11:50 Menam boshqalarga o'xshab, kanalimdagi xabarlarga reaksiya qoldiring, deb sizlardan so'rab olsammikin-a?
Nima deysiz?

@SoatovBlogi Abdullajon
669 viewsㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ, 03:11
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:23:47 Meni kanalimni tark etayotganlar bitta gapim bor.

Omadingizni bersin...!
365 views°•○ Bolakay ○•°, edited  13:23
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:41:42Oʻzgalar ruhiy azoblarga davo topishadi desang, adashasan. Ular shunchaki azoblarini qalbning eng tubiga, juda kam boʻladigan joylariga yashirishni oʻrganishgan

Paulo Koelo (
Alif) asaridan

@SoatovBlogi Abdullajon
515 views°•○ Bolakay ○•°, edited  04:41
Ochish/sharhlash
2022-08-29 19:54:53 Muxlislarim kechiring!

Mening har bir xabarimni kutib, katta qiziqish bilan o‘qib, nima bo‘layapti, qiynalmayaptimikin, deb xavotir olib, yozgan she'rlarimni qayta-qayta o‘qiydigan muxlisam bor. U kishi sizlardan ustun ko'raman, har bir aytgan so‘ziga, gaplariga quloq solaman, ko‘plab ishlarimni maslahatlashib qilaman, neki qilmayin men bilan faxrlanadi. Yaxshi yomon kunimda doim-o men bilan birga, hozirgacha nimayki narsalar erishgan bo‘lsam, u kishi xizmatlari, balki zahmatlari yoki qilgan duolari evaziga erishganman.

U kishi meni - Onam!
Oyi sizni yaxshi ko‘raman

@SoatovBlogi Abdullajon
651 viewsㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ, 16:54
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:12:17 Mahzun bo‘lma, o'zingni tut, ertaningni o‘yla, go‘yoki cho‘kayotgan kemaga chiqgandek ketmoqdasan. Aslida seni hayoting go‘zalligidan xursand bo‘lishing kerak

Soatov Abdulla

@SoatovBlogi Abdullajon
735 viewsㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ, 05:12
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:01:25 Qabul-2022 yakunlari

Avvalo talabalik baxti nasib qilganlarni tabriklayman, sizlar bu natijaga tirishqoqlik va iroda bilan erishdingiz, o'qish va ishlaringizda omad tilayman

Hurmatli abituriyentlar!

Sizlar bugun g'alaba qilmagandirsiz, lekin aslida siz ham g‘olibsiz, allohim har bir ishni o‘zi oldindan belgilab qo‘ygan va siz uni izmidan yurganingizga xursand bo‘lamiz. To'g'ri siz ota-onangizni oldida yuzingiz yorug' bo'lmagandir lekin bu yakun emas. Siz kelasi yili albatta o‘qishga kirasiz, hozirgidanda kuchliroq va ko'proq harakat qilasiz, talabalik degan maqomni tortib olasiz kerak bo‘lsa, men ham 3 yili deganda o‘qishga kirganman, nima qilibdi, 1 yoki 2 yil yiqilsangiz, sizlar uchun hammasi endi boshlandi.

Help (yordam)

Aniq ismlaringizni eslab qola olmadim afsuski, lekin yordam bergan abituriyentlarim va boshqa ko'plab do'stlarni eslab qolishga va kelgusida sizni hayotingizni kimgadir motivasiya berish uchun misol keltirishga harakat qilaman. Albatta bundan xafa bo‘lmaysiz degan umiddaman. Agar sizga yordam bera olmagan bo‘lsam uzr.

@SoatovBlogi Abdullajon
1.1K views°•○ Bolakay ○•°, 17:01
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:57:03 Qashqadaryo o‘qishga kirganlar bormi?
907 views°•○ Bolakay ○•°, 08:57
Ochish/sharhlash