Get Mystery Box with random crypto!

TAKRORLASH. KRISTALL PANJARALAR Kristallarda shu kristallni | SMART Kimyo🧪

TAKRORLASH.
KRISTALL PANJARALAR

Kristallarda shu kristallni hosil qiluvchi zarrachalarni muntazam joylashuvi "kristall panjara"lar deb ataladi.

Ionli kristall panjara - Kristall panjara tigunlarida ionlar (musbat va manfiy) joylashgan va ular orasida ionli bog'lanish mavjud.

Masalan: BaCl2, LiNO3, K2SO4, ishqorlar va ba'zi oksidlar.

Atom kristall panjaralar - Kristall panjara tugunchalarida alohida atomlar joylashgan va ular orasida kovalent bog'lanish mavjud.

Masalan:Olmos, grafit, kremniy.

Molekular kristall panjara - Kristall panjara tugunlarida alohida molekulalar joylashgan tuzilmalar.

Masalan: Tugunlarida kovalent qutbsiz molekulalar joylashgan H2, N2, O2...

Kovalent qutbli bog'lanishli molekulalar qattiq holdagi H2O, HCl, CO2, H2S

Metall kristall panjaralar - Kristall panjata tugunlarida alohida atomlar va musbat ionlar joylashgan va ular orasida metall bog'lanish mavjud.
Masalan: Li, Na, Fe, Au...
@SMART_Kimyo