Get Mystery Box with random crypto!

WORD dasturi uchun tezkor KLAVIATURALAR | Qo'qon University AKT 💻

WORD dasturi uchun tezkor KLAVIATURALAR Ctrl+A
Joriy jild, hujjat yoki sahifadagi barcha elementni blokka oladi.

Ctrl+C / Ctrl+Insert
Tanlangan matn, rasm yoki elementni bufferga nusxalaydi.

Ctrl+X
Tanlangan matn, rasm yoki elementni kesib, bufferga nusxalaydi.

Ctrl+V
Bufferdagi elementni joriy dastur yoki oynaga tushiradi.

Ctrl+F
Qidiruv oynasini ochadi. Microsoft Outlook'da esa xabarni boshqa birovga yo‘naltiradi.

Ctrl+S
Ochiq hujjat, fayl yoki veb-sahifani saqlaydi.

Ctrl+P
Joriy hujjat yoki sahifani chop etadi.

Ctrl+N
Yangi oyna ochadi.

Ctrl+W
Joriy oynani yopadi.

Microsoft Word uchun tezkor kombinatsiyalar

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyida keltirilgan tezkor tugmalar bilan Microsoft Word dasturida tezkor amallarni bajarish mumkin.

Ctrl+B
Matnni to‘q qora rangga bo‘yaydi.

Ctrl+U
Matnning ostiga chizadi.

Ctrl+I
Matnni og‘ma shaklga o‘tkazadi.

Ctrl+L
Paragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+R
Paragrafni o‘ng tomongga suradi. Ushbu kombinatsiyani ikki marta bosish paragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+J
Paragrafni tekislaydi. Ushbu kombinatsiyani ikki marta bosish pragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+K
Giperhavola (ssilka) yaratadi.

F7 Key
Imloni tekshirishni boshlaydi.

Shift +F7 Key
Tezarusni ochadi.