Get Mystery Box with random crypto!

Abul Faroj Ibn Javziy rahimahulloh dedilar: «Oliy himmatli bo | "🌸Firdavs gullari🌸"1

Abul Faroj Ibn Javziy rahimahulloh dedilar:

«Oliy himmatli boʻlish aql yetukligining alomatidir. Past narsalarga rozi boʻluvchi kimsa tubandir. Biron ishni toʻliq bajarishga qodir boʻla turib, uni chala bajargan odamning aybichalik yomon ayb borligini bilmayman».

("Soydul xotir", 43)

*Biror bir ishni oxirigacha qilmaslik hozirgi paytda ko‘p musulmonlarning kamchiligi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak, bir ishni qilishni yoki bir kitobni o‘qishni boshladingizmi oxiriga yetkazmasdan to‘xtamang, oliy himmatlik bo‘lishga xarakat qiling! Oddiy musulmon bo‘lishga rozi bo‘lmang! Chunki hozirda ummat uchun oddiy musulmonlar hech narsa qila olmayapti.
Bu yozilayotgan tarixda hech bo‘lmasa nuqta bo‘lib yoziling!

@oxirathovlisi