Get Mystery Box with random crypto!

Gretsiyaning Iraklion shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika | Og'ir atletika-O'zDJTSU (sirtqi)

Gretsiyaning Iraklion shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha Jahon chempionatida O'zbekiston sharafini O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2 nafar talabasi munosib himoya qildi.

Musobaqa yakuniga ko'ra, O'zDJTSU talabasi Mirhosil Mirzabayev dast ko'tarish bahsida kumush, siltab ko'tarish mashqida esa kumush medalni qo'lga kiritib, ikki kurash natijasiga ko'ra jami 388 kg jamg'arib musobaqaning katta kumush medaliga ega chiqdi.

Ta'kidlab o'tish joizki, Mirhosil Yoshlar o'rtasidagi olimpiya chempioni, jahon rekordchisi Alireza Yousefiga qarshi kurash olib bordi.

Universitetning yana bir talabasi Jamila Panfilova eng yosh ishtirokchi bo'lishiga qaramasadan dast ko'tarishda 86 kg natija bilan bronza, ikki kurash natijasiga ko'ra 186 kg bilan musobaqaning katta bornza medalini qo'lga kiritdi.

Medallar jamg'armasiga ko'ra, O'zDJTSU talabalari 3 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo'lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

@sirtqiyangilik