Get Mystery Box with random crypto!

​OʻZ IZZATI VA QADRINI BILGAN INSON MILLAT AJRATMAYDI Qisqa m | TDTU Sirtqi bo'lim

OʻZ IZZATI VA QADRINI BILGAN INSON MILLAT AJRATMAYDI

Qisqa muddat mobaynida yurtdoshlarimizning, xalqimizning saviyasida keskin oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu eng avvalo, siyosiy saviyaga tegishli gap. Bugun oʻzbekistonliklar Vatanimizning kuch-qudrati, yutuqlari va muammolarini aniq bildi va vujudimiz bilan his etmoqdamiz.

Yangi Oʻzbekiston xalqimizga oʻz qadr-qimmatimizni teranroq anglash imkonini berdi. Vatandoshlik tuygʻularini mustahkamlashga intilmoqda.

Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash jarayonlari ketayotgan ayni kunlarda demokratik qadriyatlarning yangi qatlamlari ochildi. Afsuski, Nukus voqealari demokratiyani oʻz mayliga boʻysuntirayotgan kuchlar ham borligini koʻrsatdi.  

Kuni kecha, Prezidentimiz oʻz murojaatida taʼkidlaganidek, fuqarolarning oʻz fikri va xohish-irodasini demokratik prinsiplar va huquqiy normalar asosida erkin bildirish boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlarga qaramasdan, ayrim gʻarazli kuchlar konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zoʻravonlik yoʻlini tanlab, Oʻzbekistondagi vaziyatni beqaror etish va izdan chiqarishga urinmoqda.

Dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand boʻlishda aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat bilimli, maʼrifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va, aksincha, bilimi kam, omi odamlar avtoritarizmni maʼqul koʻrishini hayotning oʻzi ishonarli tarzda isbotlamoqda. 

Biz bilamizki, oʻz izzati va qadrini bilgan inson millat ajratmaydi. Oʻz kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bagʻri keng boʻladi.

Xudoga ming qatla shukrki, yurtdoshlarimizning boshqa xalqlarga munosabati ijobiydir. Yurtimizda yashayotgan boshqa xalq vakillariga odilona qarash, ularga mehribonlik qilish oʻzbekistonliklar uchun maʼnaviy burchga aylangan.

Maqsadlari aniq boʻlgan xalq oʻzgalarga zugʻum qilmaydi. Maʼlumki, tazyiq va tahqir tuygʻusi alamzalikni uygʻotadi. Biz esa tazyiq va tahqirdan qutulgan, oʻz qadrini bilgan xalqmiz. Oʻz kuchiga ishongan va oʻzgalarga hamdard boʻla olishga qodir erkin xalqmiz.