Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy tavsiya YouTubeda Laziz Hamidovning 'Ular' nomli kana | Siddiqjon Ismoilov

Shaxsiy tavsiya

YouTubeda Laziz Hamidovning "Ular" nomli kanali bor (https://youtube.com/@UlarShow). Ushbu kanalda iqtisod, siyosat, sport, kino kabi sohalar bo'yicha haqiqiy yetuk mutaxassislar bilan intervyu olingan. Ayni paytda 26 ta intervyu va 4 ta maxsus soni chiqqan va shularni vaqtingiz bo'lganda albatta ko'rib qo'yishni maslahat beraman.
"Ular"dagi intervyular real va davlatimiz rivojlanishida nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida so'z boradi.

Shu o'rinda Temurbek Adhamovning "Osmondagi Bolalar" loyihasida esa mening fikrimcha ko'proq yoshlar tarbiyasi va ma'naviyati haqida ko'p gapirilgan. Spikerlar ham suhbat davomida asosan o'z hayotlari va Rumiy va boshqa shaxslardan juda ko'p aforizmlar keltirib o'tishgan. Bu intervyu sifatiga ta'sir o'tkazgan deb hisoblayman.
"Ular"dagi intervyularni ko'rib chiqing zero keyingi faoliyatingiz davomida juda foydali bo'ladi deb hisoblayman.

Kanalga ulanish: @siddiqjonismoilov