Get Mystery Box with random crypto!

Telegramda blog kanallar Men koʻplab blog kanallarni kuzatib | Shukurullo Turdiboyev

Telegramda blog kanallar

Men koʻplab blog kanallarni kuzatib boraman va ulardan ba'zilarini oʻzimni ustozim deb bilaman. Masalan, Aziz Rahimov, Ravshan Turgʻunov, Jamshid Hasanov, Otabek Insavaliev va albatta yosh matematiklar ustoz deb biladigan Karim Rahimov. Bu insonlar bilgan narsalarini oʻrgatishdan charchashmaydi. Bularni kuzatib borishimni sababi, har bir postni oʻzlari yozadilar, tahlil qiladilar va mendan ancha aqlli. Agar bunday boʻlmaganda kuzatmagan boʻlardim.
Xuddi shuningdek, mening kanalimdagi postlar sizlar uchun soddalik qilishni boshlasa, siz albatta kanaldan chiqib ketasiz. Va men buni toʻgʻri baholayman.


Xoʻsh, kanaldagi obunachilar chiqib ketmasligi uchun nima qilish kerak?

Men buni aniq sababini bilmayman. Bu kanalni shaxsiy fikrlashni kuchaytirish, oʻz fikrimni ommaga yetkiza olish uchun ochganman. Agar bu kanal sizlarga toʻgʻri kelmasa chiqib ketishingizlar mumkin (Chunki 10 ta tilshunosga matematikadan dars oʻtgandan koʻra, bitta matematikka tushuntirgan yaxshi)



Endi blog kanalchalar haqida

Hozirgi paytda koʻpchilik shaxsiy blog yuritishni yoqtiradi. Lekin ularning koʻplari oʻzlarining shaxsiy fikrlari bilan kanal yuritmaydi, qaysidir mashhur kanaldan shunchaki chopishadi.
Bu bilan shaxsiy rivojlanishga umuman ta'sir oʻtkazib boʻlmaydi va bu vaqtni oladi.
Men oʻzim kuzatib boradigan bloglarda barchasi oʻzlarini fikrini yoritadilar. Kanalga qoʻshilishdan oldin bir nechta postni oʻqiyman va tahlil qilaman. Agar postlarni kanal egasi oʻzi yozsa, men albatta uni kuzataman, aks holda deyarli kuzatmayman. Chunki bu menga (boshqalarga ham) qiziq emas.
Boshqa kanallardan post olib blog yurutuvchilarni obunachilari majburan kuzatishadi deb fikrlayman ham.

(Fikrlar oxiriga yetmay qoldi)

Yuqoridagi gaplar menga tegishli emas deb hisoblayvering, barchasini oʻzim uchun yozdim.

@Shukurullo_Turdiboyev