Get Mystery Box with random crypto!

Unutilgan tabrik. Bugun ko’p eslanmaganlarga yozildi. Tabrikl | Shoxruxbek

Unutilgan tabrik.

Bugun ko’p eslanmaganlarga yozildi. Tabriklar aytildi.

Sovg’alar berildi. Tashakkur bildirildi.

Farosati borlardan “forwarded”siz samimiy xabarlar keldi.

E’tibori qisiqlardan Google dan “ilhomlangan” matnlar olindi.

Nima bo’lganda ham, ular tabriklandi.

Lekin o’zlarini tabriklashmadi. Eslashlari kerak bo’lgan eng muhim insonni yoddan chiqarishdi.

Hozir bu holatni to’g’irlaymiz. Shu post tagida o’zligingizga atagan tabrik so’zlarni qoldiring. Yuragingizgiz tub-tubidagi gaplarni to’kib soching.

O’zligiga bo’lgan mehrni va shukronalikni qizg’onmagan inson boshqalarga ham ularni ayamaydi.

Qani ketdik